Jahon | 17:38 / 02.04.2017
8841
1 daqiqa o‘qiladi

Armanistondagi saylov vaqtida elektron qurilma prezidentni tanimadi

Armanistondagi parlament saylovi vaqtida elektron texnika mamlakat prezidenti Serj Sargsyanni barmoqlari izlari orqali taniy olmadi. Bu haqda «Sputnik Armeniya» agentligi xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, ovoz berishga kelgan Sargsyan qurilmaga 10ta barmog‘ini tutgan, ammo robot uni tanimagan.

Shundan so‘ng prezident saylov komissiyasi a'zolariga pasportini taqdim etgan, ammo qurilma uni ham qiyinchilik bilan tasdiqlagan. Faqat shundan keyingina Armaniston prezidentiga talon berilgan va u ovoz berish uchun maxsus xonaga yo‘nalgan.

2 aprelda Armanistonda mamlakat parlamenti – Milliy kengashga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Saylovlarda 5 ta partiya va 4 ta blok ishtirok etmoqda. Ular uchun parlamentga o‘tish minimal chegarasi mos ravishda 5 va 7 foizni tashkil qiladi. Ovoz berishda 2,5 mln ga yaqin odam ishtirok eta oladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid