Jahon | 21:35 / 03.04.2017
4563
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya Suriyada yangi aksilterrorchilik operatsiyalari tayyorlamoqda

Turkiya Suriyada IShIDga qarshi ko‘rilgan "Frot qalqoni" operatsiyasi bilan to‘xtab qolmaydi va terrorchilarga qarshi yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda.

Bu haqda Trabzon shahridagi namoyishda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi. 

"Al-Bob shahrini terrorchilardan tozalash bilan "Frot qalqoni"ning birinchi bosqichi yakunlandi. Biroq operatsiya davom etadi va biz to‘xtab qolmaymiz. Biz hududdagi terrorchilar o‘tirgan boshqa balandliklarni ham ishg‘ol qilishga tayyorlanmoqdamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an. Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi operatsiyalar yangicha nomlanadi.   

Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiya bahorni kutayotgan barcha terrorchilik tashkilotlari – Kurdiston ishchi partiyasi, "Xalq mudofaasi kuchlari" va "Demokratik ittifoq" partiyasi, FeTO’ga "ajoyib sovg‘a tuhfa qiladi". "Umid qilamanki, turk millatining bahori terrorchilar uchun qora qishga aylanadi", deb aytgan Turkiya prezidenti.   

Turkiya "Suriya ozodlik armiyasi" bilan birga 2016 yil 24 avgustda "Frot qalqoni" operatsiyasini boshlagandi. Operatsiyadan maqsad Suriyaning shimoliy viloyatlarini IShID jangarilaridan tozalash bo‘lgan. 31 mart kuni Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi operatsiya "muvaffaqiyatli yakunlanganini" ma'lum qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid