Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ Ukrainaga 1 mlrd dollarlik navbatdagi mablag‘larni ajratdi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktorlar kengashi Ukrainaga makromoliyaviy yordam doirasida $1 mlrd ajratishga qaror qilgan. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ma'lum qildi.
"Bu Ukraina islohotlarining navbatdagi tan olinishidir", deb yozdi Poroshenko tvitterda.
2015 yil mart oyida XVJ Ukraina uchun 17 mlrd dollarlik 4 yillik kredit dasturini ochgandi. Bu dastur 2015-2016 yillarda 8 ta transh ajratish va dasturning har chorakda qayta ko‘rilishini ko‘zda tutgan. Ukraina bu 8 ta transhdan 3 tasini: 5 mlrd, 1,7 mlrd va 1 mlrd dollarni olgan. Oxirgi kredit 2016 yil sentabrda taqdim qilingan.
Mavzuga oid
09:09
Rossiyada barcha “front uchun” ishlashi kerak - Putin
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
18:48 / 20.04.2026
Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi – OAV
16:40 / 20.04.2026