Jahon | 19:10 / 03.04.2017
12510
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburg hukumati 10 kishining o‘limini tasdiqladi, jarohatlanganlar soni kamroq

Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenko shahar metrosidagi portlashlar oqibatida 10 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.

«10 kishi qurbon bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi», — deya Poltavchenkoning so‘zlarini keltirgan TASS.

Bundan oldingi xabarlarda portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘lib, kamida 50 kishi jarohatlangani aytilgandi.

3 aprel kuni Sankt-Peterburg shahri metrosida portlovchi qurilma harakatga keltirildi. Turli manbalarga ko‘ra, poyezd «Texnologicheskiy institut»dan «Sennoy ploshchadi» bekatiga yura boshlaganida portlash ro‘y bergan. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid