Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi portlash ijrochiligida gumonlanuvchi surati tarqatildi
Sankt-Peterburg metrosidagi portlashni tashkillashtirgani gumon qilinayotgan shaxs fotosurati e'lon qilindi. ReN TV telekanali kuzatuv kameralari orqali aniqlangan suratni namoyish qildi.
Guvohlar ushbu shaxs vagonda ryukzakni qoldirib chiqqanini ko‘rishgan. Ushbu shaxs qora kiyimda bo‘lgan.

3 aprel kuni «Sennaya ploshchad» bekatidan «Texnologicheskiy institut» bekatiga harakatlanishni boshlagan poyezdda portlash ro‘y berdi. Ushbu portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘lib, 22 kishi jarohatlandi.
Meduza agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, portlovchi uskunalarning quvvati trotil ekvivalentida taxminan 200—300 grammni tashkil etgan.
Teraktdan so‘ng metroda ikkita portlash yuz bergani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, biroq MAQ axborot markazi boshlig‘i Andrey Prjyezdomskiy faqat bitta portlash bo‘lganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
19:47 / 18.04.2026
Rossiyada chiqindi yuklash paytida yuz bergan portlash oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi
09:27 / 07.04.2026
Denovda gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi
11:34 / 04.04.2026
Abu-Dabida portlash: strategik gaz obekti nishonga olindi
11:46 / 28.02.2026