Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi terakt bo‘yicha ikki kishi qidirilmoqda
Sankt-Peterburg metrosidagi portlashni tashkillashtirishda gumon qilingan ikki kishiga qidiruv e'lon qilingan. Bu haqda «Interfaks» huquq tartibot organlariga asoslangan holda xabar bergan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ulardan biri vagonda portlovchi qurilmani qoldirib ketgan shaxs, ikkinchisi «Ploshchad vosstaniya» bekatiga bomba qo‘ygan shaxs hisoblanadi.
Bundan oldinroq OAVda «Sennaya ploshchad» bekatidan «Texnologicheskiy institut» bekatiga harakatlanishni boshlagan poyezd vagonida portlovchi moddalar o‘rnatilgan ryukzakni qoldirgani gumon qilingan shaxsning surati tarqatilgandi.
Ushbu portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘lib, 22 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
16:40
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
09:47 / 12.03.2026