Jahon | 23:44 / 03.04.2017
38033
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Peterburgdagi portlashga izoh berdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan portlashni "juda dahshatli" deb atadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

"Dahshatli hodisa – bunday hodisalar butun dunyoda yuz beradi. Juda dahshatli hodisa", deb aytdi Tramp undan bo‘lib o‘tgan voqeaga izoh berish so‘ralganda.

Avvalroq Apple rahbari Tim Kuk rus tilida Peterburgda portlash munosabati bilan hamdardlik bildirgandi.

3 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 14.40da Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploshchad" va "Texnologicheskiy institut-2" stansiyalari o‘rtasidagi yo‘lda portlash yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan. Tergov qo‘mitasi terakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid