Jamiyat | 12:57 / 03.04.2017
20887
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk bor elektrotexnika chiqindilarni qayta ishlaydigan loyiha ishga tushdi

Taraqqiyot va yutuqlarga erishish davrida turli xil elektron qurilmalar va xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarish yuqori suratlar bilan rivojlanmoqda. Bugungi kunda, bizga odat bo‘lib qolgan ofis, ishdagi elektronikasiz hayotni tasavvur qilish qiyin. Yirik elektronika kompaniyalari katta raqobat sabab, har kuni yangi va raqobatbardosh elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishadi. Bu esa o‘z navbatida eski texnikalar chiqindisi hajmini oshiradi.

Elektron chiqindilarni qayta ishlash va keyinchalik ularga ishlov berish — bu muammoning asosiy yechimi hisoblanadi. Shuningdek, ishdan chiqqan elektrotexnika qurilmalarini qayta ishlash, odamlar uchun yangi texnikalarning paydo bo‘lishiga, zamonaviylarini bemalol xarid qilishga va eskisini qanday bartaraf qilish haqida bosh qotirmaslikka yordam beradi.

Bugungi kunda yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarining hech biri rangli va Yerda kam uchraydigan metall xomashyolarsiz faoliyat olib bora olmaydi. Shu bilan birga, ushbu xomashyo resurslari o‘ta cheklangani va tabiatda qayta tiklanmasligi faktini inobatga olsak, ulardan qayta foydalanish masalasi butun dunyoda juda muhim hisoblanadi.

Ularni saqlash va ularga bo‘lgan talabni hech bo‘lmaganda qisman qoplash uchun tarkibida ushbu xomashyolar mavjud bo‘lgan chiqindilarni oqilona qayta ishlash kerak bo‘ladi. Harakatlar davomidagi yana bir muhim vazifa esa — ikkilamchi xomashyoni qayta ishlab, ish kuchi hamda moddiy resurslarni sezilarli tejash. Shuning uchun, yurtimizda ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash loyihasini ishga tushirish bugungi kunda birinchi navbatdagi masalalardan biri hisoblanadi.

Shu bois, O‘zbekistonda ilk bor elektrotexnika chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. «TOShRANGMETZAVOD» loyihasi «Tabiatga imkon bering» brendi nomi ostida O‘zbekistonda faoliyatini boshladi. 

1.    Buning uchun «TOSHRANGMETZAVOD RECYCLING» MChJ tashkil etildi va u elektrotexnika chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha «TOShRANGMETZAVOD» XII AJ bilan O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hamkorlikdagi dasturi faoliyatini, hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ibragimov G‘. tomonidan tasdiqlangan «Kompleks chora-tadbirlar»ni amalga oshiradi;

2.    «TOSHRANGMETZAVOD RECYCLING» MChJning asosiy vazifalaridan biri — yuridik shaxslar va davlat tashkilotlariga elektrotexnika chiqindilarini yo‘q qilish hamda qayta ishlashda yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Bunda ishlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan, atrof-muhitni qattiq chiqindilar bilan zararlanishi oldini olish tartibida amalga oshiriladi.
Dunyoning yetakchi davlatlari tajribasida kuzatilyaptiki, bu kabi loyihalar tabiatni asrashda katta yordam beradi. Deylik, eski elektrotexnika mahsulotlari — radio, televizorlar, magnitofonlar, lampalar yoki biror boshqa istalgan qurilma butunlay ishdan chiqqan va faqatgina bo‘sh joyni egallab yotibdi. Ularni axlatga tashlash esa tabiatni ifloslantiradi. Biroq, yaroqsiz qurilmalarni qayta ishlab, ulardan kundalik turmushimiz uchun zarur mahsulotlar tayyorlash mumkin. Bu bilan tabiat ham asraladi va arzon xo‘jalik mahsulotlariga ham ega bo‘linadi. 

Xuddi shunday vazifani «Tabiatga imkon ber» loyihasi amalga oshiradi. Bunda ishdan chiqqan qurilmalar qabul qilib olinadi va ulardan qurilish uchun zarur — sim, armatura, metall va plastmas mahsulotlar tayyorlanib, arzon narhlarda xalqimiz iste'moliga taqdim etiladi.
Loyiha ikki yo‘nalishda faoliyat olib boradi:

1.    Yuridik shaxslarning elektrotexnika chiqindilarini yo‘q qilish va qayta ishlash. Tashkilotlardan elektron chiqindilar islatgan hajmda qabul qilinadi. Buning uchun O‘zbekistonda yagona aloqa markazi ishlab turibdi: +998(71) 122-77-22;

2.    Qabul bo‘limlarida jismoniy shaxslardan elektronika chiqindilarini qabul qilish. Bu ishga hamkorlarimizni jalb qilamiz va qabul qilish joylarida, yirik savdo majmualaridan xaridni amalga oshirish uchun chegirmali kuponlar taqdim etamiz.
Aholidan yaroqsiz elektrotexnikalarni qabul qilishning ilk bosqichi joriy yilning 11 aprelidan Toshkent shahrida, MediaPark savdo majmualari bilan hamkorlikda boshlanadi.

Buning uchun, MediaPark savdo majmualari hududida «Tabiatga imkon ber» qabul markazlari ochiladi va loyihaga taqdim etilgan eski texnika o‘rniga kupon beriladi. Kuponlar yordamida esa MediaPark savdo majmualaridan yangi texnika qurilmalarini xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Loyiha bosqichma-bosqich barcha viloyat, tuman va shaharlarda «Tabiatga imkon ber» qabul markazlarini ishga tushiradi. Bu ko‘chalardagi chiqindilar hajmini sezilarli kamaytiradi va o‘z navbatida yurtimizning ekologik holatiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Batafsil ma'lumot va yangiliklar bilan podarishans.uz saytida tanishib borishingiz mumkin. Shuningdek, loyihani Facebook , Instagram hamda Telegram  tarmoqlarida kuzatib boring — tabiatni asrashda yordam bering!

Eslatib o‘tamiz, 10 aprel kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida loyiha taqdimotiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi. Unda loyiha bilan yaqindan tanishib, uning qanday ishlashi haqida ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Tadbirga barcha OAV xodimlarini taklif qilamiz. Ro‘yxatdan o‘tish uchun info@podarishans.uz elektron manziliga maktub yo‘llang.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid