Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York metrosida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
AQShning Nyu-York shahri meriyasi shahar metrosi xavfsizligini ta'minlash uchun ko‘proq zaxiralar ajratadi. Bu haqdagi qaror Sankt Peterburg metrosida terakt sodir etilgandan keyin qabul qilindi.
"Nyu-York aholisi shahar rahbariyati AQShdagi eng kuchli aksilterrorchilik zaxiralariga ega ekanligiga ishonchi komil bo‘lishi mumkin. Hozir biz metrodagi xavfsizlikni ta'minlash uchun katta kuch va e'tiborni mujassamlashtirganmiz", deb aytdi matbuot-anjumanda shahar meri Bill de Blazio.
U ko‘cha va transportda huquq-tartibot idoralarining o‘qotar qurol va xizmat itlari bilan qurollangan xodimlaridan iborat patrullar paydo bo‘lishidan ogohlantirdi. U shu sababli shahar aholisidan asabiylashmaslikni iltimos qildi.
Nyu-York politsiya boshqarmasi boshlig‘i Jyeyms O'Nil "dunyodagi sodir etilgan oxirgi hujumlar teraktlar sodir etilishi faqatgina vaqt masalasi ekanligini yana bir bor isbotlaganini" aytdi. "Shuning uchun huquq-tartibot idoralari istalgan voqealar rivojiga hamisha tayyor turishlari lozim", deb ta'kidlab o‘tgan O'Nil.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026