Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp maoshini AQSh Milliy bog‘lar xizmatiga berib yubordi
Donald Tramp prezident lavozimidagi ishi uchun birinchi chorakda olgan maoshi – 78 333 dollarni AQSh Milliy bog‘lar xizmati hisob raqamiga o‘tkazib berdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser ma'lum qildi.
"Prezident birinchi chorakdagi maoshini Bog‘lar xizmatiga o‘tkazib berganidan faxrlanadi", - deya qayd etib o‘tdi u tegishli chekni ichki ishlar vazirligi rahbari Rayan Zinkega topshirar ekan. Milliy bog‘lar xizmati AQShda federal yerlar va foydali qazilmalarni topish masalalari bilan shug‘ullanuvchi IIV tarkibiga kiradi.

Zinkening aytishicha, pullar AQShdagi fuqarolik urushiga (1861-1865) bag‘ishlangan xotira majmualarini saqlashga yo‘naltiriladi.
Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra esa, prezident bunday qarorni mustaqil ravishda qabul qilgan, biroq undan avval Oq uyning huquqshunosi bilan maslahatlashgan. "U mablag‘lar foydali maqsadda ishlatilishiga ishonadi", - deya aytib o‘tdi Spayser.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026