Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xe qamoqda so‘roq qilindi
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xe seshanba kuni prokuratura tomonidan korrupsiya mojarosiga aloqadorligi yuzasidan so‘roq qilindi. Bu u o‘tgan haftada hibsga olinganidan so‘ng ilk so‘roq bo‘ldi.
Ryonxap agentligining xabar berishicha, tergovchilar Pak Kin Xeni Seuldan janubda joylashgan Iyvan dastlabki tergov izolyatorida so‘roq qilishgan. Hibsga qadar esa uni poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish va begona kishilarga maxfiy ma'lumotlarni berish bo‘yicha bir oy davomida so‘roq qilishgandi.
Ryonxap ma'lumotiga ko‘ra, Pak Kin Xega 13 modda bo‘yicha rasmiy ayblovlar aprel o‘rtalarida qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq prezident, sobiq diktator Pak Chon Xining qizi o‘tgan hafta sud qaroriga ko‘ra hibsga olingandi.
Mavzuga oid
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026
Janubiy Koreyada hayvonot bog‘idan qochgan bo‘ri 9 kundan keyin topildi
11:20 / 15.04.2026