Atamboyev Qirg‘iziston bosh prokuroriga qayerdan shuncha pulni olganini tushuntirib berdi
Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston bosh prokurori Indira Joldubayeva bilan uchrashuv davomida, 2003 yilning yanvar oyida Izmir shahrida unga tegishli bo‘lgan sanoat korxonasi aksiyalari to‘plamini turk tadbirkoriga 35 million AQSh dollariga sotib yuborgani haqidagi hujjatlarni topshirdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti devonining axborot siyosati bo‘limi xabar qildi.
Aniqlik kiritilishicha, kelishuv haqida ma'lumot Turkiya respublikasi axborot byulletenida 2003 yilning 31 yanvar kuni e'lon qilingan.
«Shu tariqa, ushbu hujjatlar Omurbek Tekebayevning Atamboyevlar oilasida katta pullar faqatgina 2010 yildan keyin paydo bo‘lgani haqidagi bayonotlari tuhmat ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Biroq, nima uchun o‘z davlati qayerdan kelib chiqqani haqidagi ma'lumotlarni faqatgina Atamboyev ko‘rsatishi kerak?» - deya so‘ragan mamlakat prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Omurbek Tekebayev, uning ba'zi partiyadoshlari va vaqtinchalik hukumat a'zolari ham o‘zlari va yaqin qarindoshlarida 2010 yilning 7 aprel kunidan so‘ng ko‘pmillionlik mol-davlat qayerdan kelib chiqqani haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak.
«Buni prezident bilan uchrashuvlarda 2010 yilning 7 aprel sanasida Ala-Too maydonida halok bo‘lganlar ota-onasi va farzandlari, o‘shanda og‘ir jarohatlar olgan fuqarolar talab qilmoqda. Buni mamlakatdagi keng jamoatchilik talab qilmoqda! Bosh prokuratura Jinoyat kodeksining noqonuniy ravishda boyish haqidagi tegishli moddalarni esga olish kerak», - deya ta'kidlab o‘tgan Almazbek Atamboyev.
Mavzuga oid
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024