Jahon | 22:47 / 05.04.2017
26360
2 daqiqa o‘qiladi

DNK tahlili Sankt-Peterburgdagi gumondor terrorchi shaxsini tasdiqladi

Foto: RIA

DNK tahlili Akbarjon Jalilov shaxsini tasdiqladi. U, tergov tomoni taxminiga ko‘ra, Peterburg metrosida portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Bu haqda Tergov qo‘mitasi rasmiy vakilasi Svetlana Petrenko ma'lum qildi.

Akbarjon Jalilov shaxsini uning ota-onasi ham tasdiqladi. Hozirda, tergovchilar terrorchi ekani taxmin qilinayotgan gumondorning do‘stlari va atrofidagi odamlarni aniqlamoqda. 

"Halok bo‘lganlardan so‘nggilari Nevnerjitskaya Mariya, Krasikova Yuliya va Mazanov Dmitriylarning shaxsini tasdiqlangan", — deb aniqlik kiritgan Petrenko.

"Ploshchad Vosstaniya" metro bekatida aniqlangan qo‘lbola portlovchi qurilma maxsus ekpertizaga yuborilgan. Unda portlovchi qurilmaning turi, kuchi, zarar yetkazuvchi elementlari va boshqa jihatlari o‘rganiladi. 

Tergov qo‘mitasi vakilasining aytishicha, Jalilov uyini tintuv qilishda olingan ashyolar ham tekshiruvga yuboriladi. 

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ularning ikkisi ham "Ploshchadi Vosstaniya" bekatida topilgan qurilmadagi ashyolarga o‘xshash, biroq yakuniy xulosani ekspertiza natijasidan so‘ng berish mumkin", — degan Petrenko.

Sankt-Peterburg metrosidagi portlash 3 aprel kuni "Sennaya ploshchad" va "Texnologicheskiy institut-2" bekatlari oralig‘ida ro‘y berdi. Buning oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Tergov taxminiga ko‘ra, 22 yoshli Jalilov dastlab "Ploshchad Vosstaniya" bekatida yashiringan qo‘lbola bombani qoldirgan, so‘ngra vagonlardan birida o‘zini portlatib yuborgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid