Britaniya bosh vaziri shahzoda Charlz tufayli xususiy samolyotni ijaraga oldi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Yaqin Sharqqa diplomatik tashrif bilan borish uchun xususiy samolyotni ijaraga olishga majbur bo‘ldi. Bu shahzoda Charlz Britaniya hukumati rasmiy laynerini birinchi bo‘lib band etib qo‘ygani tufayli yuz bergan, deb yozmoqda Independent gazetasi.
Ma'lum bo‘lishicha, Charlz Meydan avval RAF Voyager A330’ni band qilib qo‘ygan hamda undan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, britaniyalik soliq to‘lovchilar qayta jihozlash uchun 10 million funt sterling to‘lagan samolyot rasmiy tashriflar uchun xususiy samolyotlarni ijaraga olishda iqtisod qilib qolish imkonini berishi kerak edi.
Nashrning yozishicha, shahzoda Charlz va Kornuol gersoginyasi Kamilla Yevropaning uch davlatiga to‘qqiz kunlik tashrifni amalga oshirishdi.
Mavzuga oid
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024