Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York metrosidagi holat ko‘pchilikning hayrati va g‘azabiga sabab bo‘ldi
Internet tarmoqlarida o‘rta yoshli ayolning Nyu-York metrosi vagoni eshiklariga boshi tiqilib qolgani va yo‘lovchilarning bu voqeaga mutlaqo befarq munosabatda bo‘lgani ko‘rsatilgan video virus kabi tarqaldi.
Mazkur video Instagram ijtimoiy tarmog‘iga theshaderoom nomli foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan bo‘lib, aftidan, u metroning boshqa bir vagonidan tasvirga olingan.
Videoda besh kishining ayol yonidan o‘tganini ko‘rish mumkin, biroq ulardan birortasi ayolga yordam berish u yoqda tursin, qadamini ham sekinlatmagan.
Ayolga yordam berilgani va uning jarohat olgan yo olmagani haqida ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
10:14 / 21.05.2026
Farg‘onada ayol erini urgani uchun oilaviy zo‘ravonlikda ayblandi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
08:06 / 13.05.2026