Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Idlib voqeasi bo‘yicha asossiz ayblamaslikni so‘radi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon muloqoti vaqtida Idlib voqeasini gaplashdi. Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u muloqot chog‘ida tekshiruvlar yakunlanmaguniga qadar qaysidir tomonni kimyoviy qurol qo‘llashda ayblamaslik kerakligini qayd etgan.
"Suriyaning Idlib viloyatida 4 aprel kuni ro‘y bergan hodisa bo‘yicha fikrlar almashildi. Vladimir Putin xalqaro miqyosda jiddiy tekshiruvlar o‘tkazilib, natijalar olinmagunicha, qaysidir tomonni kimyoviy qurol qo‘llashda ayblamaslik kerakligini qayd etib o‘tdi", deyilgan xabarda.
4 aprel kuni Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi Xan-Shayxunga zaharli gaz to‘ldirilgani taxmin qilingan bombalar tashlangani, buning oqibatida kamida 100 kishi, shu jumladan o‘nlab nafar bola ham halok bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Shuningdek, 500 kishi zaharlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Muxolifat ushbu hujum Suriya hukumati tomonidan sodir etilganini iddao qildi. Bashar Asada hukumati esa ayblovlarni rad etmoqda.
Rossiya Idlibdagi kimyoviy hujum bo‘yicha o‘z rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
Mavzuga oid
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
12:58 / 22.12.2024
Yangi Suriya qanday bo‘ladi: Idlib ko‘chalaridan qiyos
21:06 / 05.12.2024
Halabni kim va qanday qilib egalladi? Suriya urushidagi asosiy 10 savol
16:09 / 05.12.2024