Jamiyat | 13:12 / 06.04.2017
4919
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada to‘rtta yirik issiqlik elektr stansiyasi ishlashni to‘xtatadi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina hukumati mamlakatning 4 ta yirik issiqlik elektr stansiyasi - Tripolsk, Zmiyevsk, Pridneprovsk va Krivorojsk ishini to‘xtatish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda "Ukrgenergo" ijrochi direktori Vsevolod Kovalchuk Facebook’da yozdi.

Mamlakat energetika va ko‘mir sanoati vazirligi esa Pridneprovsk va Tripolsk IESlar ishi to‘xtatilgani haqida xabar berdi. Amaldorlar buning asosiy sababi sifatida isitish mavsumining tugagani va antratsit (toshko‘mirning eng yaxshi navi)ni iqtisod qilishni ko‘rsatishgan. Aynan shu sabablar tufayli qolgan 2ta IES ham o‘z ishini to‘xtatmoqda, deya ma'lum qildi Kovalchuk.

"Bu stansiyalar elektr energiyasini yuzaga keltirishni to‘xtatishga texnologik jihatdan tayyor. 6 apreldan boshlab Zmiyevsk IESni to‘xtatish rejalashtirilgan, 11 apreldan esa Krivorojsk IES to‘xtatiladi", - deya ta'kidlab o‘tgan "Ukrenergo" rahbari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid