Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyadagi aviabazaga zarba berishdan oldin Britaniya bilan maslahatlashgan
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Suriyadagi aviabazaga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida fikr almashish maqsadida britaniyalik hamkasbi Maykl Fellon bilan bog‘langan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Fellonning ta'kidlashicha, mahkamalar rahbarlari muloqot davomida Idlib viloyatida ro‘y bergan kimyoviy hujum holatini, shuningdek Moskvaning Damashq harakatlariga nisbatan Pentagon javobiga ehtimoliy reaksiyasini muhokama qilishgan.
«U (Mettis) (kimyoviy hujumga javoban) turli variantlarni ishlab chiqdi. Ular prezidentga (Donald Tramp) taqdim etildi, shundan so‘ng menga qo‘ng‘iroq qildi va aviabazaga tayyorlanayotgan hujum haqida xabardor etdi», - deya aytib o‘tdi Britaniya mudofaa vazirligi rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuniga o‘tar kechasi AQSh Suriyaning Xoms viloyatidagi hukumat harbiylari nazoratida bo‘lgan Shayrot aerodromiga zarba berdi. Bu suriyalik harbiylar tomonidan Idlibda kimyoviy qurol ishlatilganiga javoban yuz berdi. AQSh o‘zining harbiy kemalaridan 59 ta “Tomagavk” qanotli raketalarini uchirgan.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026