Sport | 08:48 / 07.04.2017
25370
2 daqiqa o‘qiladi

Artur Taymazov: “Medallarimni har doim halol kurash bilan qo‘lga kiritganman”

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida chiqqan ma'lumotga ko‘ra, Pekin-2008 olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilgan va erkin kurash musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Artur Taymazovning erishgan natijasi bekor qilingan.

Taymazov bu xabarga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat bildirdi. 

“Olimpiya chempioni bo‘lish bolalikdan orzuim bo‘lib kelgan. Men bunga butun umrimni bag‘ishladim, sog‘lig‘imni “gilamda qoldirdim”. Har doim o‘z medallarimni halol kurashda yutib kelganman. Hech qachon taqiqlangan preparatlarni qabul qilmaganman. 16 yil davomida har yili doping-namunalar topshirdim va biron marta ular ijobiy natija bermadi.

Chempion bo‘lganingda o‘z millating, xalqing nomini tarixga oltin harflar bilan yozib qo‘yasan. Bu damlarda mas'uliyatni o‘zgacha tushuna boshlaysan: sen nafaqat bitta o‘zingga, balki sen orqali butun xalqingga ham qarab turishlarini sezasan. Xato, boz ustiga, qandaydir nohaq harakatlar qilishga haqqing yo‘q. O‘zim uchun, shuningdek, menga ishongan, muxlislik qilgan, har kunlik mehnatimni ko‘rganlar uchun men har doim uch karra Olimpiya chempioni bo‘lib qolaveraman. Oilam, yaqinlarim va do‘stlarim mening g‘alabam bilan birga yashashdi, bu menga har doim kuch bergan va olg‘a intilishga yordam bergan. 

Men MOQning qaroriga nisbatan norozilik bildiraman.

Bugun men barcha qo‘llab-quvvatlaganlar va mening halol mehnatimga shubha qilmaganlarga minnatdorlik bildiraman. Rahmat!”, - deya yozdi Taymazov.  

Eslatib o‘tamiz, Pekin olimpiadasida yurtimiz qo‘lga kiritgan yagona oltin medalni aynan Artur Taymazov olib bergan edi. 

Mavzuga oid