Xalqaro Olimpiya Qömitasi (XOQ) özbekistonlik erkin kuraşçi Artur Taymazovning 2012 yildagi London Olimpiadasida qölga kiritgan oltin medalini boşqa sportçiga beriş haqida qaror çiqardi.

Eslatib ötamiz, 120 kg vazngaça bölgan toifada Artur gruziyalik David Modzmanişvilini mağlub etgan edi.
Ammo musobaqada olingan doping tahlillari qayta tekşiruvdan ötkazilgaç, har ikkala sportçining tahlillarida taqiqlangan modda borligi aniqlandi. Natijada, Taymazov va Modzmanişvili diskvalifikatsiya qilinib, musobaqadagi natijalari bekor etildi.
Şundan söng, XOQ medallarni qayta taqsimlaş haqida qaror çiqardi. Unga köra, bronza medallarni qölga kiritgan rossiyalik Bilol Maxov va eronlik Komil Qosimiy oltin medallarni oladigan bölişdi.
Eslatib ötamiz, 2017 yil aprel oyida Artur Taymazov aynan doping sababli Pekin-2008 Olimpiadasida qölga kiritgan oltin medalidan ham mahrum qilingan va u rossiyalik Baxtiyor Ahmedovga berilgan edi.
Şundan söng, Taymazov bu qarorga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat bildirib: «Olimpiya çempioni böliş bolalikdan orzum bölib kelgan. Men bunga butun umrimni bağişladim, soğliğimni «gilamda qoldirdim». Har doim öz medallarimni halol kuraşda yutib kelganman. Heç qaçon taqiqlangan preparatlarni qabul qilmaganman. 16 yil davomida har yili doping-namunalar topşirdim va biron marta ular ijobiy natija bermadi... Özim uçun, şuningdek, menga işongan, muxlislik qilgan, har kunlik mehnatimni körganlar uçun men har doim uç karra Olimpiya çempioni bölib qolaveraman... Men XOQning qaroriga nisbatan norozilik bildiraman», - deb yozgan edi.
Qayd qiliş joizki, özbekistonlik sportçilar London-2012 olimpiadasida 1ta oltin va 4ta bronza medalini qölga kiritişgan edi. Erkin kuraşçilar Artur Taymazovdan oltin va Soslan Tigiyevdan bronza medallari doping tufayli olib qöyilganida keyin, sportçilarimiz hisobida 3ta bronza qoldi. Ular dzyudoçi Rişod Sobirov (-60 kg), boksçi Abbos Atoyev (örta vazn) va oğir atletikaçi Ivan Yefremov (105 kg) hisobida.
















