Xalqaro olimpiya qömitasi rasmiy saytida çiqqan ma'lumotga köra, Pekin-2008 olimpiadasida yurtimiz şarafini himoya qilgan va erkin kuraş musobaqasida oltin medalni qölga kiritgan Artur Taymazovning erişgan natijasi bekor qilingan.

Taymazov topşirgan doping-namunalarda turinabol va stanozolol kabi taqiqlangan moddalar topilgan. Endi 120 kilogramgaça bölgan vaznda finalda Artur Taymazovga yutqazib, kumuş medal bilan taqdirlangan rossiyalik kuraşçi Baxtiyor Ahmedov Pekin olimpiadasi çempioni hisoblanadi. Pekin-2008 bronza medali sohiblari slovakiyalik David Musulbes va qozoğistonlik Marid Mutalimov edi.

Eslatib ötamiz, Pekin olimpiadasida yurtimiz qölga kiritgan yagona oltin medalni aynan Artur Taymazov olib bergan edi. 

Şuningdek, XOQ Pekin olimpiadasida 60 kg vaznda finalga çiqib kumuş medalni qölga kiritgan ukrainalik Vasiliy Fedorişinning ham organizmidan turinabol topib, uni ham medaldan mahrum etgan. Bu vaznda bronza yaponiyalik Keniti Yumoto va eronlik Murod Muhammadiyga nasib etgan edi.

Afina-2004 olimpiadasida ham oliy şohsupaga kötarilgan Taymazov Pekindan söng London-2012 olimpiadasida ham oltin medalni qölga kiritib, tarixda uçta oltin medalni qölga kiritgan uçinçi kuraşçi bölgan edi: ungaça bunday natijaga Aleksandr Medved (1964, 1968, 1972) va Buvaysar Saytiyev (1996, 2004, 2008) erişişgan edi.