Vladikavkazda aka-uka Taymazovlarning sport kuraşlari markazi 11 oktabr kuni tantanali ravişda oçildi.

Markazda 30 nafar yoş sportçi yaşab, musobaqalarga tayyorgarlik körişi uçun şaroitlar yaratilgan. Öziga xos internat şaklidagi öquv maskanida uç mahal ovqatlaniş, dam oliş zonalari kabilar ham taşkil qilingan. Yoş kuraşçilar kuniga ikki mahal maşğulot ötkazişadi, deb xabar bermoqda «Osetiya-Iriston». 

Foto: alania.gov.ru

Sport markazi oçilişi bilan birgalikda juma kuni aka-uka Taymazovlar sovrini uçun ösmirlar örtasida erkin kuraş böyiça birinçi oçiq turnirga start berildi. Unda Armaniston, Ozarboyjon va Şimoliy Kavkaz respublikalarining 8ta jamoasi tarkibida 80ga yaqin sportçi qatnaşdi.

Birinçi örinni Taymazovlarning sport kuraşlari markazi nomidan qatnaşgan jamoa qölga kiritdi.

«Moskovskiy Komsomolets»ning qöşimça qilişiça, nufuzli mehmonlar iştirokida ötgan oçiliş marosimida Artur Taymazov Şimoliy Osetiya respublikasi rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan va beş yildan keyin markaz tarbiyalanuvçilari olimpiya şohsupasida bölişiga umid bildirgan.

Ma'lumot uçun, Artur Taymazov 2000 va 2004 yilgi Olimpiadalarda Özbekiston terma jamoasi şarafini himoya qilib, erkin kuraş bahslarida oltin va kumuş medallari sohibi bölgan. U 2012 yilgi London olimpiadasida ham çempion bölgan, ammo bu medali 2019 yil yozida doping tufayli bekor qilingan edi.

40 yoşli Artur ayni vaqtda Rossiya davlat dumasi deputati, dumaning jismoniy tarbiya, sport, turizm va yoşlarni qöllab-quvvatlaş qömitasi raisi örinbosari hisoblanadi.

Uning akasi, 49 yoşli Timur Taymazov esa Ukraina terma jamoasi safida 1992 va 1996 yilgi olimpiya öyinlarida oğir atletika böyiça kumuş va oltin medallarini qölga kiritgan, ikki marta jahon çempionatida ğolib çiqqan.