Erkin kuraş böyiça ikki karra olimpiya çempioni, jahon çempionatlari va Osiyo öyinlari ğolibi Artur Taymazov Özbekiston uçun kumuş medal taqdim etgan Sidneydagi Olimpiadadan söng Rossiya terma jamoasi safida faoliyatini davom ettirişni rejalaştirgan.
«Menga Sidneyda 2000 yilgi Olimpiya öyinlarida Özbekiston uçun iştirok etiş taklifi kelib tuşdi. Men qatnaşib, kumuş medal qölga kiritdim va yana Rossiya uçun kuraşa boşladim. 2001 yilda oğir vazn toifasida mamlakat çempionatida ğalaba qozondim va Yevropa çempionatiga tayyorgarlik köra boşladim. Biroq, Rossiya uçun iştirok etişni boşlaşim uçun ikki yil ötkazib yuborişim lozimligini aytişdi. Ammo, bilasizmi, 21 yoşda bölganingda ikki yilga safdan çiqiş juda qiyin. Şuning uçun bunday holat yuz berdi, men Özbekiston nomidan qatnaşişda davom etdim», - dedi Taymazov R-sport’ga bergan intervyusida.
Uning qayd etişiça, Özbekiston milliy terma jamoasida özini «juda yaxşi his» etgan va «har doim 1000 foizga harakat qilgan».
«Men taqdim etilgan qöllab-quvvatlov uçun Özbekiston xalqiga minnatdorçilik bildiraman. Bu mening ikkinçi vatanim, ular men uçun juda yaxşi muxlislik qilişgan. Şuningdek, Rossiyada men uçun işqibozlik qilişgan va men barça muxlislarimdan minnatdorman», - deya qöşimça qilib ötdi sportçi.

















