Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQShning Suriyaga zarbasini yetarlicha kuchli bo‘lmaganini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh qurolli kuchlarining Suriyadagi aviabazaga hujumini "Suriya xalqini himoyalash uchun" yetarlicha bo‘lmaganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz Asad tuzumi harbiy jinoyatlariga qaratilgan ushbu qadamni ijobiy deb hisoblaymiz. Bu yetarlimikin? Biz yetarli emas deb hisoblaymiz. Begunoh Suriya xalqini himoya qilish uchun jiddiy choralar ko‘rish vaqti keldi", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an shuningdek AQShning raketa zarbasi Vashingtonning Suriyadagi voqealar rivojidagi faol ishtirokining boshi bo‘lib xizmat qilishini ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker AQSh Suriyaga bergan zarbasi kimyoviy hujumga qarshi qaratilganiga Yevropa Ittifoqini ishontira olganini aytgandi.
Avvalroq AQSh Suriyadagi aerodromga 59 ta qanotli raketa bilan zarba bergandi. Zarbadan maqsad Shayrat aerodromi bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:44 / 06.04.2026
AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni Kongo DR qabul qiladi
21:14 / 06.04.2026
Eron vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi
09:37 / 06.04.2026
Zelenskiy: Ukraina AQSh uchun endi ustuvor emas
08:36 / 06.04.2026