Jahon | 23:55 / 07.04.2017
23665
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburg metrosidagi terakt ishi bo‘yicha 6 nafar gumonlanuvchi hibsga olindi

Foto: TASS

Sankt-Peterburgning Neva tumani sudi metrodagi terakt ishi bo‘yicha 6 nafar qo‘lga olingan shaxsni 2 iyungacha hibsga olishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, oxirgi hibsga olingan shaxs Qirg‘izistonning 21 yoshli fuqarosi Maxamadyusuf Mirzaalimov bo‘ldi.

Avvalroq Neva sudi terakt ishi bo‘yicha qo‘lga olinganlardan 2 nafarini hibsga olgandi. Bundan tashqari, Moskvaning Basman sudi terakt ishi bo‘yicha gumon qilingan, Tojikiston fuqarosi Sodiq Ortiqovni hibsga olgandi.  

Mavzuga oid