Jahon | 17:36 / 07.04.2017
4788
1 daqiqa o‘qiladi

Serbiyada harbiy samolyot falokatga uchradi

Serbiyaning Ub munitsipalitetidagi Slatina qishlog‘i yaqinida harbiy-mashg‘ulot samolyoti falokatga uchradi.

«Serbiya HHK va HMKning ikki o‘rinli G-4 Super Galeb o‘quv-mashg‘ulot samolyoti bugun Slatina qishlog‘i yaqinida mashg‘ulot parvozi vaqtida qulab tushdi», - deya berdi Serbiya mudofaa vazirligi sayti.

Ayni damda bedarak yo‘qolgan uchuvchilarni qidirish ishlari tashkillashtirilgan.

Hodisa joyiga Serbiya HHK va HMK qo‘mondoni general-mayor Ranko Jivak ham yetib keldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid