Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya hukumati amerikaliklar hujumi qurbonlari soniga aniqlik kiritdi
Amerikaliklarning Suriyadagi Shayrat aviabazasiga qilgan hujumi oqibatida halok bo‘lgan harbiylar soni 10 nafarni tashkil qilgan. Bu haqda SANA agentligi xabarida ma'lum qilindi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, raketa zarbalari oqibatida tinch aholi vakillaridan ham 9 kishi halok bo‘lgan. Ulardan 4 nafari bolalar edi. Raketalar aviabaza yaqinidagi qishloqdagi turar joylarga ham kelib tushgan. Shuningdek, 7 kishi jarohatlangan.
Oxirgi xabarlarda hujum qurbonlari soni 7 nafarni tashkil qilgani aytilgandi.
AQSh qurolli kuchlari 7 aprelga o‘tar kechasi Donald Trampning buyrug‘i bilan Suriyaning Xoms viloyatida joylashgan aerodromga raketa zarbalari bergan. Aviazarba 4 aprel kuni Suriyaning Idlib viloyatida qo‘llanilgan kimyoviy qurolga javob bo‘lgan. AQSh rahbariyati taxmin qilinayotgan kimyoviy hujum aynan shu aerodromdan boshlangan deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
10:52 / 03.08.2025
31 iyulga o‘tar kechasi Kiyev uchun yil boshidan buyon eng og‘iri bo‘ldi – fotoreportaj
18:52 / 24.07.2025
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi
17:59 / 06.04.2025
Kiyev raketalar hujumiga uchradi
20:31 / 14.03.2024