Rossiya qöşinlari 6 aprel kuni tongida Kiyevga ballistik raketalar bilan hujum qildi. Darnitskiy rayonida noturar joy binosida yonğin sodir böldi, yana bir bino vayron böldi. Obolonskiy rayonida mebel sexi va omborxonada yonğin çiqqan. Bundan taşqari, biznes markazining beş qavatli binosi qisman vayron bölgan. U yerda Freedom telekanali ofisi joylaşgani aytilmoqda. Solomenskiy rayonida esa omborxona binosi fasadi şikastlangan.

Sönggi ma’lumotlarga köra, zarba oqibatida bir kişi halok bölgan, yana uç kişi jarohatlangan.

Kiyevdagi şikastlangan bino, 2025 yil 6 aprel
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevning Obolonskiy rayonidagi biznes-markaz atrofida şikastlangan avtomobil, 2025 yil 6 aprel
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Kiyev böylab raketa hujumi vaqtida kötarilgan tutun, 2025 yil 6 aprel
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Kiyev, 2025 yil 6 aprel kuni tongi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Tunda Rossiya qöşinlari Sumi şahrining fuqarolik infratuzilmasiga ham dronlar bilan hujum qilgan. Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati (FVDX) ma’lumotiga köra, hujum oqibatda ma’muriy va omborxona binolari yonib ketgan. Qurbonlar yöq.

FVDX Rossiya qöşinlari Xarkiv oblastidagi Kupyansk şahrining aholi yaşaş mavzelariga aviabombalar taşlaganini ma’lum qildi. Oqibatda turar joy binolarida yonğinlar sodir bölgan. Ikki kişi – 67 yoşli erkak va 78 yoşli ayol jabrlangan. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning aniqlik kiritişiça, snaryadlardan biri töqqiz qavatli turar joy binosiga kelib tuşgan, u yerda ikkinçi qavatdan yettinçi qavatgaça bölgan balkonlar, şuningdek, törtta kvartira yonib ketgan.