Rossiyaning Xarkiv şahri markaziy qismiga yöllagan aviazarbasi oqibatida 42 kişi, jumladan, olti nafar bola jabrlandi, deb xabar qildi Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. Jarohatlanganlardan kamida olti nafari şifoxonaga yotqizilgan.
Şahar meri Igor Terexovning ma’lumotiga köra, rossiyalik harbiylar 24 iyul kuni Şevçenkovo rayoni böylab ikkita yönaltiriluvçi aviabomba taşlagan. Bombalardan biri fuqarolik korxonasiga tuşgan va u yerda yonğin boşlangan. Ikkinçisi köp qavatli uy oldida portlab, bu yerda turgan 15 ga yaqin avtomobil yonib ketgan.
«Heç qanday harbiy maqsadsiz mutlaqo ma’nosiz zarbalar. Va köryapmizki, Rossiyaning yagona istagi - agressiyani, qotillikni davom ettiriş. Şuning uçun bizga mudofaada yordam kerak - kuçli havo mudofaasi, qurol işlab çiqarişni kengaytiriş. Bularning barçasi insonlar hayotini himoya qilişga yordam beradi. Hamkorlar bilan hamkorlikka umid qilamiz va allaqaçon yordam berişga tayyor bölgan barçadan minnatdormiz», – dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. U zarba joyida olingan video va suratlarni e’lon qilgan.













