2025 yil yozi boşlanganidan buyon Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan intensiv hujumlar uyuştira boşladi. Şunday hujumlardan navbatdagisi 31 iyul kuni röy berdi. Beşta joyda raketa va dronlar nişonga aniq tegib urilgan. Svyatoşinskiy va Solomenskiy rayonlarida ikkita köp qavatli uy vayron bölgan. 31 kişi, jumladan beş nafar bola hujum qurboniga aylandi, 159 kişi yaralandi. Qurbonlar orasida eng yoşi ikki yoşli qizça bölgan.

Keng kölamli uruş boşlanganidan buyon Kiyevda faqat bir marta bir hujum vaqtidagi qurbonlar soni bundan köproq bölgan – 2024 yil 8 iyulda Ukraina poytaxti Rossiya qöşini tomonidan öqqa tutilişi oqibatida (öşanda «Oxmatdet» bolalar şifoxonasi ham zarbaga uçragandi) halok bölganlar soni 33 nafarni taşkil etgandi.

Rossiya raketasi urilişidan keyin bir qismi qulab tuşgan köp qavatli turar joy binosi
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

31 iyulga ötar keçasi Kiyev böylab jami 27 ta nuqtada snaryadlar töğridan töğri urilişi va dronlar parçalari qulaşi qayd etilgan. Köp joylarda yonğinlar yuzaga kelgan.

Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Patryk Jaracz / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Hujum oqibatida yuzdan ortiq bino, jumladan, turar joylar, şifoxonalar, maktablar va bolalar boğçalari şikastlangan.

Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Vayron bölgan uyda qidiruv-qutqaruv işlari