Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada mamlakat prezidentligi uchun asosiy da'vogarlar aniqlandi
Janubiy Koreyada mamlakat prezidentligiuchun kurash qizg‘in pallasiga kirmoqda. "Toburo" liberal-demokratik partiyasi sobiq rahbari Mun Chje In Koreya respublikasining eng yuqori lavozimi uchun asosiy nomzod bo‘lib qolmoqda. Biroq, hozirda, uning yetakchiligini mutlaq deb bo‘lmaydi. Gallup Korea tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari shundan dalolat qilmoqda.
7 aprel kuni o‘tkazilgan so‘rov natijalarga ko‘ra, agar ovoz berish jarayoni shu haftada o‘tkazilganda Mun Chje Inga 38 foiz saylovchilar ovoz bergan bo‘lar edi. Bu o‘tgan haftadagidn 7 foizga ko‘p demakdir. Uni markaziy kayfiyatdagi Xalq partiyasi vakili, tadbirkor An Chxol Su 35 foizlik ko‘rsatkich bilan ta'qib qilmoqda. O‘tgan haftadan buyon u aholi orasida o‘z tarafdorlari sonini keskin oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
Reytingning uchinchi o‘rnida Kyonsan-Namdo viloyati hokimi Xon Chjun Pxyo bormoqda. Koreya Ozodlik konservativ partiyasi nomzodini 7 foiz saylovchi qo‘llab-quvvatlamoqda.
Ijtimoiy tadqiqotda mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Natijalar o‘rtasidagi tafovut 3,1 foizni tashkil etadi, deb qayd etadi agentlik.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 9 may kuni Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026