Jahon | 07:19 / 08.04.2017
17365
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh vakili Suriyadagi vaziyat uchun Rossiya javobgar ekanligini aytdi

Foto: REUTERS/ Stephanie Keith

Vashington Suriya bo‘yicha keyingi harakatlarga tayyor, biroq bunga hojat bo‘lmaydi, deb umid qiladi. Bu haqda BMTning AQShdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma'lum qildi. 

"O‘tgan tun AQSh juda o‘ylangan qadamni amalga oshirdi. Biz keyingi harakatlarga tayyormiz, biroq bunga hojat bo‘lmaydi, deb umid qilamiz", deb aytdi Xeyli BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha yig‘ilishida.

Xeyli Rossiyani Suriyadagi vaziyat uchun javobgar deb aytdi. Uning aytishicha, Rossiya "Suriya prezidenti Bashar Asadning jinoyatlariga" e'tibor qaratmagan. 

"Rossiya ham salmoqli javobgarlikka ega. Asad har gal insoniylik chegarasini xatlab o‘tganda, Rossiya u bilan birga turgan", deb aytdi Xeyli.

Uning aytishicha, Rossiyaning qo‘llab-quvvatlovi "Asad tuzumini" faqatgina kuchaytiradi.

O‘z navbatida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Vladimir Safronkov AQShni Suriyaga nisbatan tajovuzni to‘xtatishga va terrorchilikka qarshi kurashni boshlashga chaqirdi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid