Sport | 22:58 / 08.04.2017
4599
4 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «Leyptsig» iroda ko‘rsatdi, «Hoffenhaym» mag‘lubiyatga uchradi

Germaniya bundesligasining 28-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy uchrashuvlaridan biri Leyptsigda bo‘lib o‘tdi.

«Bayyer»ni qabul qilgan «RB» futbolchilar xarakter ko‘rsatib, g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 88-daqiqasida bir kishi kam bo‘lib qolishiga qaramasdan 93-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritib, uch ochkoni ilib ketdi. «Leyptsig»ni ta'qib etib kelayotgan «Hoffenhaym» esa bu turda «Hamburg» uyiga tashrif buyurib imkoniyatni boy berdi. natijada ikki jamoa o‘rtasidagi ochkolar farqi 7tagacha oshdi. «Leyptsig» hisobida 58, «Hoffenhaym»hisobida esa 51 ochko mavjud.

Shuningdek bu turda «Shalke» o‘z uyida «Volfsburg»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Kyoln» o‘z uyida «Borussiya» Myongxengladbaxga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Germaniya bundesligasi, 28-tur

RB Leyptsig – Bayyer 1:0 (0:0)
Gol: Poulsen (90+3).
RB Leyptsig: Gulachi, Bernardo, Orban, Kompper, Berk (Poulsen, 73), Demme, Ilzanker, Zabittser, Keyta, Forsberg (Kayzer, 90), Verner (Upamekano, 90).
Bayyer: Leno, Yedvay, Vendell (Xenrixs, 69), Xilbert, Toprak, Kampl, Baumgartlinger, Xavertts, Belarabi (Beyli, 46), Brandt (Kissling, 87), Folland.
Ogohlantirishlar: Orban (4), Vendell (58).
Chetlatish: Orban (88, Leyptsig).

Kyoln – Borussiya M 2:3 (1:1)
Gollar: Klemens (18), Modest (58) – Vestergor (13), Traore (55), Shtindl (80).
Kyoln: Horn, Sorensen, Xektor, Klyunter, Haynts, Klemens (Marox, 72), Raush (Osako, 46), Yoyich, Lemann, Xeger (Tsoller, 84), Modest.
Borussiya M: Zommer, Kristensen, Vendt, Elvedi, Vestergor, Xofmann (Drmich, 75), Shtrobl, Daud, Azar, Shtindl (Benesh, 90), Raffael (Traore, 54).
Ogohlantirishlar: Haynts (56), Daud (58), Klyunter (82), Azar (89).

Shalke-04 – Volfsburg 4:1 (2:0)
Gollar: Burgshtaller (6,77), Gorettska (23), Kalidjuri (48) – Gomes (79, penalti).
Shalke-04: Fermann, Hyovedes, Kolashinats (Koke, 71), Kerer, Nastasich, Gorettska, Bentaleb, Mayyer, Kalidjuri, Burgshtaller (Huntelaar, 85), Shupo-Moting (Shopf, 66).
Volfsburg: Kastels, Knoxe, Xorn, Yung (Blashchikovski, 46), Gilavogi, Bazur, Luis Gustavo, Arnold, Didavi (Viyeyrinya, 74), Malli, Gomes (Mayoral, 80).
Ogohlantirishlar: Arnold (2), Nastasich (58), Bazur (86).

Hamburg – Xoffenxaym-1899 2:1 (1:1)
Gollar: Hunt (25, 75) – Kramarich (35, penalti).
Hamburg: Mateniya, Mavray, Papadopulos, Ostjolek, Sakai, Xoltbi, Uolas, Kostich (Gregorich, 81), Hunt (Yanichich, 90), Dikmayyer, Vud (Lasogga, 85).
Hoffenhaym-1899: Baumann, Hyubner, Zyule, Bichakchich (Ut, 78), Rudi (Amiri, 46), Tsuber, Shvegler, Fogt, Terratsino (Rupp, 61), Kramarich, Vagner.
Ogohlantirishlar: Rudi (32), Kramarich (36), Kostich (40), Uolas (51), Tsuber (62), Papadopulos (68), Dikmayyer (82), Hyubner (82).

Ayntraxt F – Verder 2:2 (0:2)
Gollar: Gachinovich (48), Fabian (73, penalti) – Yunuzovich (37), Bartels (43).
Ayntraxt F: Gradetski, Abraam, Russ (Blum, 46), Ordones (Volf, 68), Chendler, Maskarel, Gachinovich, Ochipka, Xrgota (Seferovich, 81), Fabian, Rebich.
Verder: Vidvald, Velkovich (Kaynts, 29), Moysander, Kaldirola (Garsiya, 53), Eggeshtayn, Gebre Selassiye, Garsiya, Grillich, Yunuzovich, Bartels (Pisarro, 77), Kruze.
Ogohlantirishlar: Velkovich (7), Rebich (53), Bartels (69), Fabian (74).

Frayburg – Maynts 1:0 (0:0)
Gol: Petersen (70).
Frayburg: Shvolov, Kempf, Kyubler, Ignovski, Seyundjyu, Shuster, Abrashi, Frantts (Petersen, 69), Grifo (Gyunter, 90), Xaberer (Bulut, 84), Niderlexner.
Maynts: Hut, Bell, Brosinski, Xak, Ramalo (Fray, 59), Lattsa, O‘ztunali (Holtmann, 82), De Blasis (Krkich, 82), Donati, Muto, Kordoba.
Ogohlantirishlar: Bell (39), Ramalo (59), Lattsa (89).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid