Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stokholm hujumida gumonlanib qo‘lga olingan shaxs yonidan o‘zbek pasporti topilgan
Shvetsiyaning Stokholm shahrida amalga oshirilgan hujumda O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinmoqda, deb xabar qilmoqda Aftonbladet nashri.
Qayd etilishicha, 39 yoshli gumondor yonidan O‘zbekiston pasporti topilgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, erkak kishi Shvetsiyada istiqomat qilib kelgan.
Xabar qilinishicha, u IShIDga hayrixohlardan bo‘lgan. U Facebook sahifasida IShIDga aloqador bo‘lgan suratlarni joylagan va targ‘ib qilgan. Gumondor voqeadan so‘ng, shahar metrosiga tushib shimoliy yo‘nalish bo‘yicha ketgan va Shvetsiyaning Nyu York shahridagi do‘konda qo‘lga olingan.
7 aprel kuni kunduzi yuk mashinasi haydovchisi shahar markazidagi Sergelstorg maydonida odamlarni bosib ketgan edi. Avtomobil univermagga urilganidan so‘ng yonib ketgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
10:47 / 16.03.2026
O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha etika me’yorlari tasdiqlandi
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
12:16 / 07.03.2026
Vengriya universitetida o‘zbek tili kurslari ochiladi
15:28 / 02.03.2026