Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrdagi portlashda halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetdi
Misrning Tanta shahridagi cherkovda ro‘y bergan portlashda qurbonlari soni 30 nafarga yetdi. Bu haqida "Al-Mayadin" telekanali xabar berdi.
Bugun, 9 aprel yakshanba kuni Misrning G‘arbiya provinsiyasidagi Tanta shahrida cherkov xizmati vaqtida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilma ibodat qiluvchilar joylashgan zalda bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash xudkush tomonidan amalga oshirilgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, cherkovdagi portlashdan keyin Tantadagi politsiya o‘quv markazida yana bir portlash sodir etilgan. Mahalliy OAVga ko‘ra, u yerda bir politsiyachi halok bo‘lgan. Ba'zi ommaviy axborot vositalari esa ikkinchi portlash haqidagi xabarni inkor etmoqda.
Tergovchilar videokuzatuv kameralari yozuvlarini qo‘lga kiritishgan, portlash sodir etilgan hududlar o‘rab olingan. Mamlakat prezidenti Abdul Fattoh As-Sisiy jabrlanganlarni qabul qiluvchi harbiy gospitallar ochish topshirig‘ini berdi.
Mavzuga oid
14:52 / 19.02.2026
Parijdagi so‘l partiya ofisi portlash tahdididan so‘ng evakuatsiya qilindi
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
09:58 / 12.02.2026
Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portladi
15:28 / 03.02.2026