Jamiyat | 22:33 / 10.04.2017
13198
4 daqiqa o‘qiladi

Nyu-yorklik boshpanasiz erkakka ajoyib uycha taqdim etishdi

Foto: New York Post

Trinidadlik 39 yoshli Demian Kammings (Damian Cummings) bir necha oydan beri quyosh batareyasi va USB portga ega  yog‘och qutida yashab kelmoqda.  Uy  Nyu-Yorkning Manxetten tumanida joylashgan. Bu haqida New York Post xabar qiladi.

Kammings mittigina uychaga 2016 yilning fevral oyida 37 yoshli muhandis Sheyn Daffi (Shane Duffy) va 28 yoshli "Amerikancha Top-model" shousi ishtirokchisi Fil Sallivan (Phil Sullivan) bilan tanishganidan so‘ng ko‘chib o‘tgan. 2015 yilda ular  ijtimoiy tarmoqlarda mablag‘ to‘plab, boshpanasiz insonlarning oyoqqa turishi uchun yordam beruvchi  "I Am Supported" xayriya tashkilotiga asos solishdi. 

 Tashkilot ta'sischilari 4 kun davomida ko‘mak berish uchun munosib nomzodni izlashdi.  Soxodagi Starbucks qahvaxonasida ular Kammings bilan suhbatlashib qolishadi va u Daffi va Sallivanga tunab qolish uchun yaxshi joyni ko‘rsatib, maslahat beradi va hattoki, o‘zining bir necha ko‘rpa-to‘shaklari bilan bo‘lishadi.

Ikki hafta o‘tgach, Daffi va Sallivan yana Kammings bilan uchrashib, aslida boshpanasiz emasliklari va unga yordam berishni taklif qilishadi.

Biz qaytib, shunday dedik: "Bizga ko‘rsatgan yordamingdan minnatdormiz va bunga javob qaytarmoqchimiz". Din shunday javob berdi: "Men uchun nimadir qurib bera olasizlarmi?"

Daffi va Sallivan ichiga quyosh batareyasi va USB porti o‘rnatilgan yog‘och quti uchun bir yarim ming dollar sarflashdi.

2016 yil iyun oyida Kammings  kengligi va balandligi 1,2 metr hamda uzunligi 1,8 metrdan oshiq bo‘lgan qutiga ko‘chib o‘tdi. Qutida g‘ildirak, chiroqlar, qulf, ikkita  USB port, derazalar va quyosh batareyasi bor. Ayni damda boshpana Manxettendagi Spring-strit va Vuster-strit burchagida joylashgan. 

Ko‘plab insonlar yelkalarda katta sumkalarni olib kelib, qutiga tashlamoqchi bo‘lishadi. Ular chiqindilar qutisi haqiqiy emasligiga ishonch hosil qilish uchun soxta qopqoqni ochishga urinishadi. 

Bu juda ham kulgili holat

Daffi va Sallivan Kammingsning uyi mahalliy hukumat e'tiborini tortadi, deb kutishgan edi.  Ikki oy avval esa sanitariya bo‘limidan bir xodim tashrif buyurib, erkakdan hududni toza saqlashini maslahat beradi. 

Endilikda Kammingsning Manxettenda o‘z buyumlarini saqlay oladigan ajib uychasi mavjud.

U qutining ichida o‘z sevgan vegetariancha taomlarni tayyorlay oladi va bemalol hordiq chiqaradi. "Bu mening hayotimni chindan ham butunlay o‘zgartirib yubordi", - deydi Kammings.

Daffi va Sallivan esa Kammingsga yordam berishda davom etmoqda. Ular yigitning doimiy turar-joyga ega bo‘lishi uchun kerakli mablag‘ to‘plash bo‘yicha sahifa ochishgan. Immigrantlik rasmiy hujjatini rasmiylashtirishga ko‘maklashishmoqda. Kammings esa mahalliy restoranda ishlab, qurilish hom-ashyolarini tashib, pul yig‘moqda. 


 

Mavzuga oid