Jamiyat | 08:36 / 11.04.2017
5421
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yuk mashinasi ishtirokida jiddiy YTH yuz berdi, qurbonlar bor

Xitoyning Chuntsin munitsipalitetida qishloq xo‘jaligi ishlariga mo‘ljallangan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, yetti inson halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohat oldi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi seshanba kuni mahalliy hokimiyat vakillariga asosan xabar berdi.

Hodisa dushanba kuni Kaychjou tumanida kunning ikkinchi yarmida yuz bergan. Yuk mashinasida hammasi bo‘lib 12 kishi bo‘lgan.

Ikki kishi voqea joyining o‘zida halok bo‘lgan bo‘lsa, yana besh inson kasalxonada jon bergan. Jarohat olganlar holati barqaror deya baholanmoqda. Avtohalokat sabablari aniqlashtirilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u transport vositasi boshqaruvidagi xatolik tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid