Jahon | 19:56 / 11.04.2017
51984
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Suriyadagi so‘nggi voqealar haqida: «Zerikarli, qizlar»

Foto: RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya atrofidagi hozirgi vaziyat Iroqda boshlangan harbiy kampaniyani yodga solayotgani haqida bayonot berdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u bu mavzuni Italiya prezidenti Serdjo Mattarello bilan uchrashuvda muhokama qilgan. 

"Men aytdimki, bu menga 2003 yil voqealarini yodga solmoqda. O‘shanda, Qo‘shma Shtatlarning BMT Xavfsizlik kengashidagi vakillari, go‘yoki, Iroqda topilgan kimyoviy qurolni namoyish qilishgan edi. Shundan so‘ng, Iroqda harbiy kampaniya boshlandi va mamlakatning vayron bo‘lishi, terrorchilik tahdidi ortishi hamda xalqaro maydonda IShIDning paydo bo‘lishi bilan yakunlandi. Bundan ozgina boshqacha emas", — degan Putin.

Uning fikricha, xuddi shu narsa yana takrorlanmoqda. 

"Bu safar ham hamkorlar g‘imirlashayapti. Men shu o‘rinda ajoyib yozuvchilarimiz Ilf va Petrovni yodga olaman. Aytishni xohlardimki: "Zerikarli, qizlar". Biz bularni ko‘rdik, kuzatdik", — deb ta'kidlagan Putin.

Bu so‘zlar Ilya Ilf va Yevgeniy Petrovlarning "O‘n ikki stul" romanidagi mashhur iboradir. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid