Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya: AQShning ahmoqona harakatlariga keskin javob qaytariladi
Pxenyan fitnachilar harakatiga qarshi qat'iy choralar ko‘rishga tayyor. Bu haqda KXDR TIV bayonotida aytiladi, u Koreya Markaziy telegraf agentligi saytida e'lon qilindi.
Shu tariqa, idora AQShning harbiy-dengiz floti aviaguruhini Koreya yarim oroli qirg‘oqlariga yo‘llash haqidagi qaroriga o‘z munosabatini bildirdi.
«Biz rahm-shafqat haqida hech qachon yolvormaymiz va fitnachilarga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz. Bu o‘zimiz tanlagan yo‘lda davom etishimiz uchun amalga oshiriladi», - deyiladi mamlakat TIV bayonotida.
Shimoliy Koreyaning fikricha, «AQShning KXDRga bostirib kirishga yo‘naltirilgan ahmoqona harakatlari jiddiy bosqichga yetdi». Shuningdek Pxenyanning ma'lum qilishicha, AQSh hukumati «o‘z harakatlari oqibatlari uchun to‘la hajmda javob beradi».
Avvalroq Janubiy Koreya bu masala bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026