Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvanda mushuk va itlarni ularning go‘shti uchun o‘ldirish taqiqlandi
Tayvan hukumati inson tomonidan go‘shtini taomlarda iste'mol qilish maqsadida mushuk va itlarni o‘ldirilishini taqiqladi. Bu haqda Tayvan Markaziy axborot agentligi seshanba kuni xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, tegishli qonunga kiritilgan qo‘shimcha seshanba kuni mahalliy qonunchilik organi – qonunchilik yuani tomonidan tasdiqlandi. Hayvonlarni himoya qilish haqidagi qonunga nizom qo‘shildi, unga ko‘ra mushuk va itlar go‘shtini iste'mol qilish hamda sotish, shuningdek hayvonlarning go‘shti yoki boshqa qismlari bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish taqiqlandi.
Shuningdek, qabul qilingan tartibga ko‘ra, hayvonlarga qasddan zarar yetkazgan shaxslar ikki yilgacha qamalishi va 6,5 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Xuddi shunday jazo mushuk, it yoki mahalliy qonunchilik himoyasi ostida bo‘lgan boshqa hayvonlarni o‘ldirganlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, mototsikl va transport vositalari egalariga hayvonlarni transport vositasiga bog‘lab qo‘yib olib yurish taqiqlandi.
Mavzuga oid
18:04 / 03.11.2025
Ayfon narxiga “aqlli it”: Xitoyda Rover X1 robot iti taqdim etildi
23:33 / 21.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
21:28 / 22.07.2025
Indoneziyada prezident mushugiga qo‘riqchi tayinlanishi ortidan mojaro kelib chiqdi
00:19 / 29.05.2025