Jahon | 13:18 / 11.04.2017
6937
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya TIV: Suriyada hamon kimyoviy qurol bor

Foto: RIA "Novosti"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li Suriya hukumati hamon kimyoviy qurolni qo‘llash imkoniga ega ekani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Bizning ma'lumotlarga ko‘ra, Suriya rejimi hamon kimyoviy qurolni qo‘llash uchun salohiyatga ega. Rejim kimyoviy quroldan foydalanishni, shuningdek, muxolifatga qarshi an'anaviy qurol turlarini ishlatishni bas qilishi kerak», - deya ma'lum qildi Chavusho‘g‘li.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan Suriyada kimyoviy qurol ishlatilganiga oid hodisani tekshiruvdan o‘tkazish lozimligi haqida bir fikrga kelgandi. Shuningdek Chavusho‘g‘li Rossiyani Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga chaqirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid