Jahon | 08:48 / 11.04.2017
39485
2 daqiqa o‘qiladi

Usmonov uni korrupsiyada ayblaganlarga javob berdi

Foto: TASS

Rossiyalik tadbirkor va milliarder Alisher Usmonov muxolifat vakili Aleksey Navalniy ustidan sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. U bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«Navalniy odamlarni chalg‘itmoqda va uning uqdirishlari bo‘hton. Men ortiqcha PR qilmaslik uchun uzoq vaqt uning yolg‘on so‘zlariga e'tibor bermadim. Ammo, meni jinoyatlar sodir etishda ayblagan so‘nggi tuhmatlari bilan qizil chiziqni bosib o‘tdi. Shu munosabat bilan men Navalniy ustidan sudga murojaat qilaman va huquq-tartibot idoralariga ariza beraman», — degan tadbirkor. 

Alisher Usmonovning fikricha, Aleksey Navalniy Usmonovni go‘yoki bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan bog‘liq fondni moliyalashtirish va korrupsiyada ayblash uchun ma'nan haqli emas, chunki Usmonov o‘z ishlarini «shaffof va qonuniy» olib boradi.

"Navalniyning meni ayblashga ma'nan haqqi yo‘q. Navalniy odamlarni chalg‘itmoqda", — degan Usmonov. Milliarderning qo‘shimcha qilishicha, "turli mamlakatlarning maxsus xizmatlari va soliq idoralariga" u haqda barchasi ayon. 

Navalniy mart oyida YouTube sahifasida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni korrupsiyada ayblovchi filmni namoyish qilgan edi. Unda Alisher Usmonov nomi ham tilga olingan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid