Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada imom-xatiblarning o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona shahridagi rus drama teatrida viloyat imom-xatiblari va noiblarining kasbiy mahoratini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Viloyat hokimligi tashabbusi bilan hamda tasdiqlangan rejasi asosida tashkil etilgan mazkur seminarda viloyatdagi imom-xatiblar, noiblar, diniy idora vakillari, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelmoqda. Ularning huquq va erkinliklarini ta'minlash borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi tahlikali zamon bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etadi. Shu bois yig‘ilishda viloyatdagi imom-xatiblar va noiblar tomonidan xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik, hamkorlikni yanada kuchaytirish, ta'sirchan tar¬g‘ibot usullaridan foydalanish, ayniqsa, yoshlarimizni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratishlari ta'kidlandi.
Seminarda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishda diniy xodimlar oldida turgan dolzarb vazifalar hamda dunyoda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tahlili, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash borasidagi ustuvor masalalar ham muhokama etildi.

Seminarda viloyat hokimining o‘rinbosari Q.Imomov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Shohidbek Aslonov
Muslimbek To‘lanov olgan surat
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026