Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya tergovchilari sobiq prezidentni beshinchi marta so‘roq qilishni boshladi
Koreya respublikasi prokuraturasi tergovchilari mamlakatning sobiq davlat rahbari Pak Kin Xeni beshinchi marta so‘roq qilishni boshladi. Bu haqda respublika Bosh prokuraturasi ma'lum qilmoqda.
"So‘roq qilish 09:15 (Toshkentda 05:15)da Seul vaqtincha hibsda saqlash markazi binosida boshlandi. Pak Kin Xe 31 martdan buyon shu yerda saqlanmoqda. Avvalroq, sobiq prezidentni 4,6,8 va 10 aprel kunlari ham so‘roq qilishgan edi", - deyiladi prokuratura saytida joylangan qisqa xabarda.
Aytish joizki, avvalgi so‘roqlar natijasi haqida hech narsa ma'lum emas. Koreya OAV esa Pak Kin Xe o‘ziga nisbatan ilgari surilgan 13 banddan iborat barcha ayblovlarni keskin rad etgani haqida xabarlar tarqatgandi.
Xususan, sobiq prezident poraxo‘rlik, hokimiyatni suiiste'mol qilish, ta'magirlik maqsadida til biriktirish, davlat sirini oshkor qilishda ayblanmoqda. Kelasi hafta oxirida yakunlanishi kerak bo‘lgan tergov davomida uni yana bir necha marta so‘roqqa tutishlari mumkin. Agar, sud sobiq davlat rahbarini aybdor deb topsa, unga 10 yildan 45 yilgacha qamoq jazosi tayinlashi mumkin.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026