Kameraga tushmaslik uchun avtomobil davlat raqamini o‘zgartirganlar aniqlanmoqda
Toshkent shahri chorrahalariga o‘rnatilgan kameralar yordamida 7-13 aprel kunlari davomida 8559ta qoidabuzarlik (svetoforning qizil chirog‘ida o‘tish, belgilangan tezlikni oshirish) aniqlangan. Bundan tashqari, Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan jami 7969ta qoidabuzarlik rasmiylashtirilib, tegishli ma'muriy bayonnomalar tuzilgan. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilindi.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, ayrim fuqarolar qonun talablariga bo‘ysunmaslik hamda chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga qoidabuzarlik bilan tushib qolishdan qochish maqsadida o‘zboshimchalik bilan avtomashinaning davlat raqamlarining tusi va rangini oq bo‘yoq bilan o‘zgartirish, xiralashtirish, ustiga oq tasma yoki plyonka qoplama yopishtirish, davlat standartlariga javob bermaydigan davlat raqamini taqib yurish holatlari aniqlanmoqda.
Bu nafaqat qoidabuzarlikdan qutilib qolishga, balki ichki ishlar xodimlarini chalg‘itib, boshqa shaxsga nisbatan jarima solinishiga va o‘z navbatida fuqarolarda norozilik kayfiyati uyg‘onishiga sabab bo‘ladi.
Shu paytga qadar, 7ta shunday holat aniqlandi. Masalan, 2017 yil 8 aprel kuni E.D. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasining orqa va old davlat raqamlari ustiga, 2017 yil 11 aprel kuni N. R. o‘zi boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasining orqa davlat raqami ustiga o‘zboshimchalik bilan plyonka qoplama yopishtirib, davlat raqamining ko‘rinishini o‘zgartirganliklari aniqlanib, ularga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rildi.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
21:43 / 21.11.2024