Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning o‘zi voz kechgan beshta va'dasi
AQSh prezidenti Donald Trampning Wall Street Journal nashri uchun bergan intervyusi va undan keyin o‘tkazgan matbuot anjumanida tashqi siyosat va iqtisodiyot masalalarining bir necha pozitsiyasida o‘z nuqtai nazarini to‘liq yoki qisman o‘zgartirgani ma'lum bo‘ldi. Ularning orasida dollarning keyingi tarixi, Xitoy bilan munosabatlar va Federal zaxira tizimi raisining kelajakda tayinlanishi kabilar bor.
Dollar va foiz stavkalari
WSJ nashriga bergan intervyusida Tramp Amerika dollari «juda qurbli bo‘lib borayotgani»ni aytib, Federal zaxira tizimi past foiz stavkalarini saqlab turishi kerakligini ta'kidlagan edi. Bu gaplardan ko‘p o‘tmay dollar kuchsizlandi. Tramp esa shunday dedi: «To‘g‘risini tan oladigan bo‘lsam, menga kichik foiz stavkalari siyosati aslo yoqmayapti. Menimcha dollar juda kuchayib bormoqda, bunda mening ham aybim bor, chunki odamlar menga ishonishadi. Lekin bu iqtisodiyotimiz uchun zarar. Taassufki, qanchalik chiroyli eshitilmasin, qurbi baland dollarning yaxshi tomonlaridan yomon taraflari ko‘proq. Dollaringiz kuchli bo‘lganida, boshqa mamlakatlar o‘z valyutasini devalvatsiya qilib turganida raqobatga kirishish juda qiyin».
O‘zining saylovoldi kampaniyasi vaqtida Tramp kuchli dollar siyosati AQSh iqtisodiyoti uchun foydali bo‘lishini bir necha bor takrorlagan edi.
Tramp siyosatidagi siljish Amerika iqtisodiy ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib keladimi-yo‘qmi, noma'lum, nima bo‘lganda ham FZT balansi bo‘yicha debatlarga yakun yasaladi va stavkalarni oshirish masalasi so‘roq ostida qoladi.
Bundan birinchi navbatda depozitlari nihoyat daromad olib kelishidan umid qilib turgan Amerika banklari omonatchilari jabr ko‘rishadi.
Xitoyning valyuta manipulyatsiyalari

Intervyusida Tramp, shuningdek, Xitoy o‘z valyutasi qiymatini pasaytirmasligi, bu mamlakat bir necha oylardan buyon kursga ta'sir ko‘rsatmayotganini ta'kidlab, Shimoliy Koreya tufayli AQSh va Xitoy o‘rtasidagi muzokaralarning to‘xtatib qolishidan cho‘chiyotganini bildirgan.
Avvallari Tramp Barak Obamani Xitoyni valyuta manipulyatori sifatida e'lon qilmagani uchun bot-bot tanqid qilib kelardi, saylovoldi kampaniyasida esa u bu ishni prezidentligining birinchi kunidayoq amalga oshirishini va'da bergan edi.
Janet Yyellenning kelajagi
Tramp WSJ nashriga shuningdek, FZT raisi Janet Yyellenni o‘z vazifasiga qayta tayinlanishi haqida aytib o‘tgan. «U menga yoqadi. Uni hurmat qilaman», — degan Tramp.
Sentyabr oyida Tramp Yyellenni «Aniq siyosiy artist», deb baholagan va fond bozorining ko‘rsatkichlarini yaxshilash va Obamaga qo‘shimcha ochkolar olib berish uchun past foiz stavkalarini saqlab turganlikda ayblagan edi.
Eksport-import banki
Tramp allaqachon Amerikaning ba'zi bir eksport mahsulotlarini subsidiya bilan ta'minlash uchun tuzilgan AQSh eksport-import bankini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, garchi saylovoldi kampaniyasi vaqtida unga qarshi edi. Tramp shunday degan: «Aftidan, eksportga yo‘nalgan ko‘plab kichik kompaniyalar ko‘mak olayapti. Bir qaraganda, bu kulgili ko‘rinadi, lekin aslida hammasi to‘g‘ri va bu ko‘p pul keltiradi».
Aniq bashorat qilish mumkinki, Trampning qo‘llab-quvvatlashi bank faoliyati qarindosh-urug‘chilik va tanish bilishchilikka olib kelishi muqarrar, deb hisoblovchi va unga qarshi konservativ qarashdagi kishilarning g‘azabiga sabab bo‘ladi.
NATO

Tramp NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan matbuot anjumani o‘tkazdi. Saylovoldi kampaniyasi vaqtida u blokni «eskirgan» deb atashdan charchamasdi va alyans terrorizmga qarshi kurash uchun juda kam ish qilayotgani, tashkilotning boshqa a'zolari uning byudjyetiga adolatli ulush qo‘shmayotganligini ta'kidlar edi.
Chorshanba kuni esa Tramp: «Men NATO eskirgan, deb kelardim. Endi bunday fikrda emasman», dedi.
Tramp NATOni qo‘llab-quvvatlab, AQSh va Yevropa o‘rtasida terrorrizmga qarshi kurashga oid razvedka ma'lumotlarini almashish hajmini oshirishga kamarbasta bo‘lmoqda.
Lekin, Amerika prezidenti hamon blokning boshqa a'zolari tomonidan «moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi"ni talab qilishda davom etmoqda. U Stoltenbergga 2024 yilga borib, ittifoqchilar mudofaa uchun YaIMining 2 foizdan kam bo‘lmagan qismini sarflashlarini istayotganini aytgan.
Trampning eng birinchi va eng sezilarli burilishini — o‘tgan juma kuni Suriyaga berilgan raketa zarbalarini ham unutmaslik kerak. Bungacha Amerika yetakchisi Obamani shunday imkoniyatni ko‘rib chiqqani uchun ham bir necha bor qattiq tanqid ostiga olgan edi.
Xullas, Trampning ham an'anaviy siyosatchiga aylanganligini tugal hodisa sifatida qabul qilsak bo‘laveradi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026