Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fohishalarga nisbatan kurash kuchaymoqda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida olib borilgan “ORIYaT” tadbiri davomida jami 30ta holat aniqlangan.
Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilishlaricha, Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya'ni fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 7-13 aprel kunlari o‘tkazilgan tadbirlarda 69 nafar shaxs fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotganligi,
84 nafar shaxslar jamoat joylarida spirtli ichimlik iste'mol qilganligi aniqlanib, barchasiga nisbatan ma'muriy ta'sir choralar ko‘rildi.
Xususan, 13 aprel kuni Yashnobod tumanida 4 nafar fohisha ayol va 7 nafar hind millatiga mansub xorijlik fuqaro fohishaxonada ushlangan. Ayni vaqtda ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayapti.
Muqaddam sudlanganlar, profilaktik hisobda turuvchilar o‘rtasida ham profilaktik ishlar amalga oshirildi.Jumladan, 674 nafar muqaddam sudlangan shaxslar, 1046 nafar ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobida turgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
08:28 / 11.06.2026
Pora talab qilgan profilaktika inspektorlari qo‘lga olindi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
16:48 / 15.05.2026