Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z majburiyatini bajarmagan ota (ona) javobgarlikka tortiladi
Ma'lumki, aliment undirishda bolaning ota-onasi o‘zaro nikohda ekani yoki ular o‘rtasidagi nikoh tugatilgani ahamiyatli emas. Aliment undirishda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomada qayd etilgan otalik to‘g‘risidagi yozuv hamda bolaga ixtiyoriy ravishda ta'minot berishdan bo‘yin tovlash asos bo‘ladi.
Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasining Bektemir tumani Sud ijrochilari bo‘limi tomonidan tumandagi Radio kasb hunar kollejida brifing tashkil etildi. Unda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari, jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi, mahalla faollari, kollej o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashishdi.
Mazkur tadbirda profilaktika ishlarini jadallashtirish, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish, odam savdosi va har xil diniy oqimlarga kirib ketmaslik borasida tuman ichki ishlar bo‘limi boshliq o‘rinbosari L.Xudoyberdiyev, IIB tergov bo‘lim boshlig‘i R.Isoqov tomonidan yig‘ilganlarga tahlillar asosida tushunchalar berib o‘tildi. Shu bilan birga Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i S.Xidirov hududiy boshqarmaning surishtiruv sektori tomonidan alimentni o‘z vaqtida to‘lamay kelayotgan qarzdorlarga nisbatan 2014 yilda jami 131, 2015 yilda 209 va 2016 yilda jami 306 jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganligi haqida alohida to‘xtaldi.
Raqamlarga murojaat qilinadigan bo‘lsa, Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi ish yurituvida 2017 yil 31 mart holati bo‘yicha jami 20024 alimentdan qarzdorlik holati qayd etilgan.
Sud ijrochilari tomonidan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha oxirgi 3 yil davomida taqqoslaydigan bo‘lsak, qarzdorlarga nisbatan 2014 yilda jami 41 fuqaroga, 2015 yilda 39 fuqaroga, 2016 yilda jami 35 fuqaroga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat Kodeksining 122-moddasiga binoan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash ya'ni sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida to‘lamaslikka nisbatan eng kam oylik ish haqining 50 barobarigacha miqdorida jarima, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq jazosi tayinlanadi.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
08:19 / 28.04.2026