Jahon | 07:46 / 15.04.2017
12503
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Janubiy Koreyadan 57 ming fuqarosini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda

Tokio Koreya yarimorolidagi vaziyatning keskinlashishi holatiga Janubiy Koreyadan  57 ming fuqarosini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi

Ta'kidlanishicha, Yaponiya hukumati bunday qarorni AQShning harbiy kemalari Shimoliy Koreya tomonidan yadroviy qurol sinovi o‘tkazilgandan keyin javob tariqasida mintaqa tomon yo‘l olganidan keyin qabul qilgan.   

Ayni vaqtda Yaponiya hukumati o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Janubiy Koreyaga harbiy samolyotlar va kemalar hamda fuqarolik transportini yuborish uchun Seul roziligini olishga harakat qilmoqda. Biroq Tokio Yaponiyaga shimoliy koreyalik josuslar kirib olishidan ham xavotirlanmoqda. 

Shu bilan birga Yaponiyada istalgan ortiqcha tayyorgarlik aholi o‘rtasida xavotir uyg‘otishi mumkinligi aytilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid