Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida YHXB tomonidan qator qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi
2017 yilning 9 aprel kuni Andijon viloyati, Andijon shahar, Amir Temur ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan “Lasetti” rusumli transport vositasi to‘xtatilib tekshirildi. Ma'lum bo‘lishicha, haydovchi Andijon viloyati, Andijon shahar 1-kichik daha, 5-uy, 46-xonadonda yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan S. Rustamjon transport vositasini spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda boshqarayotganligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, 2017 yilning 11 aprel kuni Andijon viloyati, Andijon shahar, A.Yuldashev ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan “Neksiya” rusumli transport vositasi to‘xtatilib tekshirilganida, haydovchisi Andijon viloyati, Andijon shahar, Nayman ko‘chasi 30-uyda yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan M. Rustamjon transport vositasini spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda boshqarayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, 2017 yil 11 aprel kuni Andijon viloyati, Andijon tumanida joylashgan muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan “Neksiya” rusumli transport vositasi to‘xtatilganida, haydovchi xodimning to‘xtash to‘g‘risidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu transport vositasi to‘xtatildi.
2017 yil 11 aprel kuni Andijon viloyati, Andijon tumani hududida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan “Damas” rusumli transport vositasi to‘xtatilganida, haydovchi xodimning to‘xtash to‘g‘risidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu transport vositasi ham to‘xtatildi.
Ushbu holatlarda haydovchilarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026